Qiziriq stadion bilan bog‘liq holat sabab Bunyodkor bilan o‘yin uchun Toshkentga keladi

Qiziriq 2024-yildan e’tiboran Liga a’zosiga aylandi. U O‘FA tomonidan o‘tkazilgan pulka musobaqasida g‘olib chiqqani uchun shartli ravishda Qiziriq Birinchi ligaga qo‘shib olindi. 

Endilikda Qiziriq 2024-yilgi mavsum davomida Liga tomonidan qo‘yilgan talablarni bosqichma-bosqich yaxshilab borishi kerak. Ya’ni, uning 2025-yilgi mavsumda ham Liga a’zosi bo‘lib qolishi talablarning qanday bajarilgani bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Jamoaning yangi a’zo ekanligidan kelib chiqib, mavjud kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etib borilishi uchun imkon beriladi.

Aprel avvalida Liga mutaxassislari Qiziriq jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan maydonda bo‘ldi. U hozircha minimal talablarga javob bermaydi. Stadion akti tayyor emas. Shuni inobatga olgan holda jamoaning O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi Bunyodkor bilan o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Qiziriq, shuningdek, 14-aprel kuni Jayxun va 28-aprel kuni Sho‘rtan mehmoni bo‘ladi.   

Qiziriq Birinchi liganing ilk turini 17-aprel kuni o‘z maydonida Jizzax jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuv uchun Liga tomonidan stadionga dastlabki talablar belgilab beriladi. Ularning qay tariqa bartaraf etib borilishidan kelib chiqib, Qiziriq keyingi uy uchrashuvlarini o‘z maydonida o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Liga stadion bilan bog‘liq o‘zgarishlarni sezmasa, u holda Qiziriq Birinchi liga uchrashuvlarini ham safarda o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb