Superligada mart oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Qizilqum klubi vingeri Akaki Shulaya tomonidan kiritilgan gol oy goli deb e’tirof etildi.
Gruziyalik futbolchining Nasaf darvozasiga kiritgan to‘pi so‘rovnomada ishtirok etganlar orasida eng ko‘p ovoz yig‘di.