Superligada mart oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Andijon jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov oy murabbiyi deb topildi.
Burgutlar o‘tgan oy Superligada 4 o‘yin o‘tkazdi. Jamoa Bunyodkor hamda Surxondan ustun kelgan bo‘lsa, OKMK va Nasaf bilan durang o‘ynadi.