Superliga 5-turidan o‘rin olgan Surxon hamda OKMK (2:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘yin haqida gapirsam, bugun o‘ynaganimiz yo‘q. Bugun uchrashuvdan avval 3 ochkoni hisobimizga yozib qo‘ygandek harakat qildik. O‘yinimiz chiqqani yo‘q. Futbolni yayov yurib o‘ynab bo‘lmaydi. Bugun yugurganimiz yo‘q. Surxonni g‘alaba bilan tabriklayman.
G‘alaba bor joyda, mag‘lubiyat ham bo‘ladi. Xolmurodov va Abdurazzoqovga imkoniyat berilmoqda. Albatta, yosh futbolchilar o‘z ustilarida ishlashlari lozim.
Surxon biz uchun noqulay raqibmi? Bunday demagan bo‘lardim.