Aleksandr Stoymirovich: Ikkita xato va ikkita gol

O‘zbekiston Superligasi 5-turida o‘z maydonida Andijonga yutqazgan Lokomotiv klubi ustozi Aleksandr Stoymirovich mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

Bugun men jamoam futbol o‘ynamadi, deyishim mumkin. Ikkita xato qildik va ikkita gol. Birinchi goldan so‘ng hisobni tenglashtirish uchun oldinga tashlandik. Oqibatda qarshi hujumda yana xato va yana gol. Bu Metallurgga qarshi o‘yinda ham bo‘lgan edi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da ko‘plab hujumlar uyushtirdik. Ammo, faqat bitta gol ura oldik xolos. Futbolda bunaqasi bo‘lib turadi.

Birinchi gol kiritilgan vaziyatda futbolchini ko‘zdan qochirdik. Mamatkazin aynan shunday standart vaziyatlarda doim uzoq burchakka borishini bilardik. Ammo, baribir uni o‘tkazib yubordik. Bu futboldagi bo‘lib turadigan kamchiliklar.

Jamoam yangi. Mavsum avvalida aytganimdek, tarkibga 16 nafar yangi futbolchi kelgan. Hali vaqt bor va natija keladi. Masalan, avvalgi o‘yinlarda raqibning kuchli futbolchilarini yopgandik. Qizilqumga qarshi o‘yinda Shulayyani shunday yopgandik. Bugun bunga biroz qiynaldik. Abdumannonov tezkor futbolchi ekanini bilardik. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Ammo, bugun, aytganimdek jamoam futbolni kam o‘ynadi”

mib
uzcard
cola
apex
bmb