Timur Kapadze: G‘alabaga haqli edik

Superliga 4-turidan o‘rin olgan Olimpik - Neftchi (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Butun jamoani g‘alaba bilan tabriklayman va o‘ylaymanki bunga haqli ravishda erishdik. Yigitlar yaxshi o‘ynashdi va oxirigacha harakat qilishdi. Terma jamoadan kelganimizdan so‘ng ushbu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishga ikki kun vaqtimiz bo‘ldi. Yigitlar esa professional. Umuman olganda, Neftchiga qarshi qiyin o‘yin bo‘lishini kutgandik, ammo yigitlar o‘yinda va kurashlarda yaxshi o‘ynashdi.

Ilk bo‘limda ikki jamoa ham tetik bo‘lgani uchun unchalik katta bo‘shliqlar bo‘lmadi deb o‘ylayman. Butun o‘yin davomida Neftchiga zarba berish va vaziyat yaratishga imkon bermadik, bu himoyachilarimizning yaxshi o‘ynaganidan dalolat beradi. Yigitlar esa bo‘shliqlardan yaxshi foydalanishdi, ayniqsa ikkinchi bo‘limda. Yigitlarga birinchi bo‘limda raqib himoyachilarini holdan toydirganimiz sabab ikkinchi bo‘limda xato bo‘lishini va uni kutishni aytdim. Ko‘rganingizdek, bu yuz berdi va g‘alabaga erishdik. Biz bundan xursandmiz.

Tayyorgarlikni 2-aprelda boshlaymiz va 6-aprelga qadar shu yerda bo‘lamiz. Undan keyin Dubayga bir haftaga yo‘l olamiz va o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazamiz. Shundan so‘ng Dohaga boramiz. Hozircha tayyorgarlikni legionersiz davom ettiramiz. Nafaqat Fayzullayev va Husanov, balki Erkinov va Yo‘ldoshevning ishtiroki ham so‘roq ostida. Bunga sabab FIFA kunlari emasligi va ularda o‘sha paytda tur o‘yinlari bo‘lib o‘tishidir. Hozircha muloqot qilgan holda harakat qilyapmiz, ammo bir nima deyish qiyin. Albatta, ularning kelib jamoamizni kuchaytirishga umid qilamiz. Sababi bu vatan jamoasi va ularning bari bunga tayyor. Bunday o‘yinchilarga ega bo‘lish har bir murabbiy uchun muhim.

mib
uzcard
cola
apex
bmb