Superliga 4-turidan o‘rin olgan Paxtakor – So‘g‘diyona (2:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Nihoyat g‘alaba qozona olganimizdan xursandman. O‘yinda 5ta gol va yana ko‘plab vaziyatlar sodir bo‘ldi. Futbolchilarimga ishonaman. Ular bugun g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatishdi.
Stabillik yetishmayapti degan savolga uncha qo‘shilmayman. Biz bungacha chempionat peshqadami bilan o‘yinda mag‘lub bo‘ldik. Nostabillik yo‘q. O‘yinimizni yaxshilasak, natija keladi.
Taktika bor, ammo taktikaga o‘yinchilar doim ham mos kelishi qiyin. Doriyev va Yovovich juda sifatli va kuchli futbolchilar. Dribblingi yaxshi va hujumlarni yakunlay oladigan futbolchilar. Boshqa yoshlarimiz ham bor. Masalan, Ahadov bugun ligada debyut qildi. Qolaversa, Mustafoqulov ham Superligada hali o‘ynamagan. Shuningdek, Mavlonqulov, Sindarov, Fozilov kabi yoshlarga ham qattiq ishonch bildirayapmiz.
Zamonaviy futbolda raqibdan kelib chiqib taktika tanlanadi va o‘ynaladi. Hech kim hech kimdan qo‘rqmaydi. Raqib kuchli tahlil qilinadi va shunga qarab taktika tanlanadi. Paxtakorda qandaydir muammo ko‘rmadim. Ular kuchli jamoa va chempionlik uchun hali kurashadi. Ularning safida terma jamoa safida o‘ynaydigan ko‘plab futbolchilar o‘ynaydi.