Superliga 4-turidan o‘rin olgan Paxtakor – So‘g‘diyona (2:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Dastlabki goldan keyin negadir tushunib bo‘lmaydigan darajada o‘yinimiz o‘zgardi. Boshqa hech nima deya olmayman.
Mahorat yetishmayapti. Qolaversa, aqlliroq o‘ynash kerak bo‘lgan vaziyatlarda ham xatolar qilayapmiz. Xatolar juda xunuk va yosh bolalarcha xatolar. Mag‘lubiyat uchun barcha javobgar bo‘lishi kerak. Murabbiylar o‘z ishlari uchun, futbolchilar maydondagi harakatlar uchun.
Qatardagi musobaqadan yoshlar qanday kayfiyatda qaytishadi, bilmayman. Boshqa yoshlar bor, ularni sinovdan o‘tkazamiz.