Ro‘ziqul Berdiyev: Chempionatdagi eng yaxshi o‘yinlardan biri bo‘ldi

Superliga 4-turidan o‘rin olgan Andijon – Nasaf (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bugungi bahs menimcha hozirgi chempionatimizdagi eng yaxshi oʻyinlardan biri boʻldi. Bunga muhit ham, maydon ham sabab boʻldi va qolaversa, ikkala jamoani ham gʻalaba uchun kurashgani turtki berdi. Bu juda ham quvonarli. Chunki shunday oʻyinlar koʻp boʻlsa, chempionatimiz darajasi koʻtarilgani koʻrinib turibdi. Oʻyinga keladigan boʻlsak, biz yaxshi boshladik, gol urdik. Ammo standart vaziyatda ehtiyotkor oʻynashimiz talab etilgandi. Raqib bu vaziyatni golga aylantirdi. Andijonni oʻrganganimizda koʻp yuguradigan, jismonan yaxshi va kurashuvchan jamoaligini bugun yana bir bor koʻrsatdi. Jamoalarda gʻalaba uchun yetarlicha golli imkoniyatlar boʻldi. Afsuski, durang bilan tugadi. Ushbu durangdan boshqa klublar manfaatdor boʻldilar.

Oldimizda maqsad turibdi. Yoʻqotishlar hali hamma jamoada boʻladi. Chunki chempionatimizdagi koʻp klublarning darajasi tenglashib boryapti. Shu bois ochko yoʻqotishlar yuz beradi. Albatta, bugun gʻalaba uchun oʻynagandik. Ammo Andijon oʻz muxlislari qarshisida qanchalik yaxshi oʻyin koʻrsatishini ham bilardik. Bugun bu holatga yana bir bor amin boʻldik. Shunga qaramasdan, biz golli vaziyatdan keyin oddiyroq futbolga oʻtib qoldik. Ikkinchi boʻlimda ayrim oʻzgarishlarni qildik. Toʻp nazoratiga oʻtdik va imkoniyatlarga ega boʻldik. Biroq golga aylantira olmadik.

Jamoamizda raqobat bor, oʻyinchilar koʻp va barchasiga imkoniyat beryapmiz. Javohirga kelsak, Paxtakor bilan oʻyindan oldin jiddiyroq jarohat olgandi. 10 kun biz bilan mashgʻulotlarda qatnashmadi. Bu ancha muddat. Jismoniy holati yoki oʻyin amaliyotiga ega boʻlmagach, oʻz imkoniyatini yoʻqotadi. Barchagaa ishonamiz.

Barcha klub bilan oʻynay olamiz. Buni isbotlaganmiz. Raqiblarimiz jiddiy. Har bir bahsda yuqori maqsadni koʻzlab maydonga tushamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb