Anvar G‘ofurov: Futbolchilar o‘zlariga talabani yuqori qo‘yishlari kerak

Superliga 4-turidan o‘rin olgan OKMK – Bunyodkor (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Rejalarimiz boshqacha edi. Uchrashuv avvalida o‘yinimiz qovushmadi. Tarkibimizda yoshlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bugungi bahs ular uchun dars bo‘ladi, deb o‘ylayman. To‘p nazoratini ushlab turib, o‘z vaziyatlarimizni kutib, ulardan foydalanaishni maqsad qilgan edik.

Zaxiraga olinish – hech bir futbolchiga yoqmaydigan jarayon. Biz 10 kishi bo‘lib qolgan edik va vaziyatni his qilgan holda O‘tkirovni zaxiraga olishga qaror qildik. Bu uning uchun ham dars bo‘ladi. Farhod kelgusi bellashuvlarga yanada yaxshi tayyorlanib, o‘ziga berilgan vaqtdan unumli foydalanadi, deb o‘ylayman. Futbolchilar o‘zlariga talabni yuqori qo‘yishlari lozim. Ularni yuqori darajaga ko‘tarishimiz lozim. Shundagina jamoa g‘alaba qozonadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb