Vadim Abramov: Kojo bugun keldi va o‘ynash istagini bildirdi

O‘zbekiston Superligasi 4-turida Metallurgni mag‘lubiyatga uchratgan Dinamo klubi ustozi Vadim Abramov g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Dastlabki taymda biroz rejadagidek o‘ynamadik. Shu bois, ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar qilishga majbur bo‘ldik. Raqib sifatli va yaxshi o‘yin ko‘rsatadigan jamoa. Shunday jamoa bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatganimiz va yakunda g‘alaba qozonganimiz uchun futbolchilarga rahmat.

Metallurg ancha saviyali va tartibli jamoa. Ularga qarshi o‘yin qiyin kechishini bilardik. Ikkinchi taymda ancha hayajonlandik, ammo uni yenga oldik. Ketma-ket uchta mag‘lubiyat futbolchilarga ruhiy tomonlama biroz bosim qilayotgandi. Bu fikrni o‘yin davomida hayollaridan chiqarib tashlash kerak edi. Buni uddalay olishdi va bugungidek qiyin raqib bilan o‘yinni olib chiqib keta oldik.

Kojo bugun kunduzi yetib kelganiga qaramay o‘ynash istagini bildirdi. Terma jamoadagi o‘yinini yakunlab bugun tarkibimizga kelib qo‘shilgani uchun unga biroz dam berishni istagandik. Ammo, futbolchi o‘ynashni istadi. Agar futbolchida o‘ynashga ishtiyoq bo‘lsa, albatta maydonga tushiriladi. Bugun Kojoni aynan shuning uchun ikkinchi taym avvalida maydonga tushirdik.

Hojimirzayev darajasi yuqori futbolchi. Shuning uchun asosiy tarkibda tushyapti. Bu kabi saviyali va sifatli futbolchilarga tarkibda joy albatta doim topiladi. Kojo haqida ham aynan shunday fikr bildirish mumkin. Bular raqobatlashyapti va bundan jamoa doim manfaatda. Farruh Ikromovning pozitsiyasida aynan Hojimirzayev va Kojo o‘ynayapti. Farruh ham yaxshi futbolchi. U ham ular bilan raqobatlashayapti. U ham hali albatta, maydonga tushishga imkoniyatlari yetarli.

mib
uzcard
cola
apex
bmb