Vesko Steshevich: Chetlatishgacha ustunlik biz tomonda edi

O‘zbekiston Superligasi 4-turida mehmonda Dinamoga mag‘lub bo‘lgan Metallurg klubi ustozi Vesko Steshevich mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

Hisobda oldinda borayotgan paytimizda ikkinchisini urganimizda vaziyat boshqacha tus olar edi. Ammo, vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Yomon o‘ynamadik, ammo, chetlatish va darvozamiz tomon qo‘yilgan penalti barchasini o‘zgartirib yubordi. Shundan so‘ng o‘yinimiz umuman chiqmadi. Raqib ham ushbu vaziyatdan so‘ng deyarli to‘pni bizga bermadi. Shunday bo‘lsa ham, durang o‘ynasa bo‘lar edi. Ammo, oxirigacha turib bermadik. Bunday holat esa birinchi marta sodir bo‘lishi emas.

Chetlatishgacha yomon o‘ynadik, demagan bo‘lardim. Ustunlik biz tomonda edi. Lekin, chetlatish bizga aks ta’sir qildi.

Zabihillo O‘rinboyev yaqinda jarrohlik amaliyotni o‘tkazdi. Hozircha tiklanish bilan shug‘ullanayapti. Shuning uchun safga qaytishi biroz cho‘zilayapti. Yaqin orada qaytishiga umid qilayapmiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb