Ertaga — 21-mart kuni O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlanadi. Unda 32 jamoa 8 guruhga ajratilishi ma’lum.
Guruhlarda har bir jamoa 3 tadan o‘yinda maydonga tushadi. Bellashuv qaysi maydonda o‘tishi masalasi quyidagi format orqali aniqlab olinadi. Ya’ni, birinchi va ikkinchi tartib raqamda chiqqan jamoalar 2 tadan bellashuvni o‘z maydonida o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uch va to‘rtinchi raqiblar esa aksincha, 2 tadan safar o‘yinida ishtirok etadi.
Superliga va Proliga maydonlari bo‘yicha muammo yo‘q. Birinchi liga klublarining uy uchrashuvlari masalasi qur’adan keyin hal etiladi. Ya’ni, talab darajasida bo‘lmagan maydon boshqasi bilan almashtiriladi.