Vadim Abramov: Hisob o‘yinga yarasha bo‘lmadi

O‘zbekiston Superligasi 3-turida mehmonda OKMKga mag‘lub bo‘lgan Dinamo klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov mag‘lubiyat, Kojoning almashtirilishi, qiyin vaziyatga qaramay jamoa o‘yinida ijobiy jihatlar borligi va keyingi o‘yinlar haqida gapirdi.

Hisob o‘yinga yarasha bo‘lmadi. Bunday gollar o‘tkazib yuborishimiz uyat. Hisobni ko‘rganlar OKMK osonlik bilan g‘alaba qozondi deb o‘ylashi mumkin. Biz bunday hisobdagi mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Ikkinchi taym bizning ustunligimizda o‘tdi deya olaman. Vaziyat qiyin, ammo undan chiqib ketishimizga ishonaman. O‘yinimizda ijobiy jihatlar bor.

Kojoni charchagani tufayli almashtirishga qaror qildik. Bugun biroz o‘yinga kirishib ketishi qiyin bo‘ldi. To‘plarni yo‘qotdi, vaziyatlar yaratishda qiynaldi. Qanotda Xojimirzayevga ko‘proq ishonch bildirdik. U kamida uchta vaziyat yaratdi. Kojoning pozitsiyasiga boshqa hujumchini qoldirishga qaror qildik. Qolaversa, navabdagi tur FIFA kunlari tugagach o‘tkazilishini va bu turda Kojo o‘ynay olmasligini inobatga olgan holda usiz o‘ynab ko‘rishni sinab ko‘rdik.

Vaziyat ancha qiyin ekanligini bilamiz, ammo jamoa o‘yinida ijobiy jihatlar borligi ushbu vaziyatdan chiqib ketishimizga ishonch berayapti. Murakkab vaziyatdan chiqib ketishimizga ishonaman. Istalgan raqib bilan o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik.

mib
uzcard
cola
apex
bmb