Samvel Babayan: Bunyodkor akademiyasi meni doim hayron qoldirgan

O‘zbekiston Superligasi 3-turida mehmonda Bunyodkorga qarshi bahsda durangga imzo chekkan “Navbahor” klubi ustozi Samvel Babayan durang, jamoasiga raqiblik qilayotganlarning ustunligi nimada ekanligi, Bunyodkor syurpriz tayyorlagani va raqib akademiyasi haqida gapirdi.

Raqibning ikkinchi goli umuman notabiiy tarzda kiritildi. Umuman, darvozamizga shunday gollar kiritishni raqiblar uddalashayapti. Bugun raqibga omad kulib boqdi. Ortda qolgan uchta turda ham omad asosan raqiblar tomonida bo‘ldi. Chempionat endi boshlandi. O‘tgan o‘yinlarda ustunlik qilayapmiz, gollar urayapmiz, ammo bugungidek gollar o‘tkazayapmiz. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, Bunyodkorga xurmat saqlagan holda aytishim kerak, bunday raqibni har qanday holatda yutishimiz shart. Ammo, bugun buni eplay olmadik.

Bugun raqib bizga syurpriz tayyorlaganiga guvoh bo‘ldik. Oldingi o‘yinlarini tahlil qilib shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Ammo, ular bugun avvalgi o‘yinlardan farqli ravishda boshqa tarkib va boshqa taktika bilan maydonga tushishdi. Bugun maydonga tushgan yoshlarda bosim yo‘q, qaytanga ustunlik bor edi. Bunyodkor oldingi ikki turda ham yomon o‘yin ko‘rsatmagan, shunchaki omad kelmagan edi. Ular sifatli o‘yin ko‘rsatishdi. Pressing qilishdi. Faqat himoyada xatolar qilishgandi. Raqibning avvalgi ikki o‘yinini jiddiy tahlil qilgandik. Ammo, aytganimdek, bugun bizga qarshi umuman boshqa Bunyodkor o‘ynadi.

Bunyodkor akademiyasi meni doim hayron qoldirib keladi. Bu akademiyada tahsil olgan yoshlar doimo ko‘zlari chaqnab turadigan, g‘alabaga o‘ch yoshlar. Bu ularning qonida bor. Respekt. Bugun aynan shular Navbahor bilan o‘yinda buni isbotlashdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb