Superliga 3-turidan o‘rin olgan Lokomotiv — Paxtakor uchrashuvi 6 daqiqa kech boshlandi. Liga komissari mazkur holat bo‘yicha shikoyat kiritdi.
Reja bo‘yicha o‘yin 18:45 da start olishi lozim edi. Sport-TV translyatsiyani o‘z vaqtida boshladi, Liga rasmiylari, Paxtakor klubi vakillari countdown’da ko‘rsatilgan vaqtda texnik zonaga chiqib keldi. Biroq Lokomotiv 18:45 holatida ham kiyim almashtirish xonasi eshigini ochmagan. Murabbiy Aleksandr Stoymirovich Liga komissariga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lgan.
Mazkur holat inobatga olinib, Liga Stoymirovichni jarimaga tortadi. Mazkur holat takrorlansa, mutaxassisni texnik zonaga kiritish masalasi qayta ko‘rib chiqiladi. Har qanday klub rasmiysi Liga komissarining reglament doirasidagi talabini bajarish shart. Lokomotiv rahbariyatidan mazkur masalani alohida o‘rganish so‘raladi.