Aleksandr Stoymirovich: Raqib uslubini ancha o‘rgangan edik

O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida amaldagi chempion Paxtakorni yirik hisobda mag‘lub etgan Lokomotiv klubi ustozi Aleksandr Stoymirovich o‘yindan keyin g‘alaba haqida fikr bildirdi.

Olimpik klubiga qarshi o‘yindan keyin bizda tayyorgarchilik uchun unchalik ko‘p vaqt bo‘lmadi. Raqibning so‘nggi o‘yinini batafsil, to‘liq tahlil qildik. Boisi, Nasafning o‘yin uslubi biz namoyish etadigan uslub bilan deyarli bir xil. Shu bois, u o‘yinni keragicha tahlil qildik. Ko‘p vaqt bo‘lmasada, tayyorgarlik jarayonida futbolchilarni yaxshi tayyorlay oldik. Bugun o‘yin sifatimizni ko‘tara oldik. Bugun futbolchilarim ruhiy va jismoniy tomondan yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarila olishganini aytishim kerak. Bugungi g‘alaba uchun futbolchilarga rahmat.

Xatolar bor, albatta. Ko‘proq individual harakatlarda xatolar ko‘rinayapti. Buni o‘yinlar va mashg‘ulotlar davomida kamaytirish ustida ishlaymiz.

Avval aytganimdek, bu mavsum jamoalarning darajasi deyarli bir xil. Lokomotiv o‘z uslub, tizimiga ega klub sifatida rivojlanib borishini xohlaymiz. Buning uchun tinmay mehnat qilayapmiz.

Bugun qaysi hududda qanday harakat qilishimiz, qayerda pressing qilishimizni bilardik. Birinchi taymda Paxtakorga umuman imkon qoldirmadik. Albatta, ikkinchi taymda charchaganimiz bilindi. Oxirgi daqiqalarda himoyada o‘ynadik. Umuman olganda, bugun haqli g‘alabaga erishdik.

Sanjar Tursunov barchamiz uchun asosiy va muhim figura. U jamoamiz etakchisi va sardori. Bizning taktika va uslubimizga kirishib keta oldi.

Bugun Abdumavlonga ishonch bildirdik, boisi, ruhiy tomonlama u bugungi o‘yinga ko‘proq tayyor ekan degan fikrga keldik. Bunday o‘yinlarda bosiq va o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan darvozabonlarga ishonch bildirish kerak. Bizda bir hal saviyali ikki darvozabon bor. Bundan xursandmiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb