G‘ijduvon moliyaviy qiyinchiliklar sabab Birinchi ligada ishtirok etmaydi

Bu haqda klub 13-mart kuni Ligaga rasmiy xat yo‘lladi. Unda jamoa homiysi “Buxoro Agroklaster” MChJ moliyaviy tomondan murakkab ahvolda ekanligi va bu o‘z navbatida G‘ijduvon’ga ta’sir qilayotgani bayon qilingan. 

G‘ijduvon klubiga joriy yilning 17-yanvar sanasida O‘FA tegishli qo‘mitasi tomonidan transfer taqiqi qo‘yilgan. U 10-yanvar sanasiga qadar barcha qarzdorlikni bartaraf etish masalasini hal qila olmadi. Klub Ligaga yo‘llagan xatida ayni vaqtda 600 million so‘mdan ziyod qarzdorlik mavjud ekanligini ko‘rsatgan. Uni bartaraf etish va qo‘shimchasiga yangi mavsumda ishtirok etish imkonsiz hisoblanadi. 

G‘ijduvon 2013-yildan buyon Liga musobaqalarida ishtirok etib kelayotgandi. Klub o‘z xatida 2024-yil tanaffusga chiqib, 2025-yildan musobaqalarga qaytmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. Biroq bu qanday asoslarga ko‘ra amalga oshirilishi mumkinligi Liga uchun katta jumboq hisoblanadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb