Superliga 2-turidan o‘rin olgan Qizilqum – Surxon (2:1) uchrashuvidan so‘ng termizliklar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ikki xil taym guvohi bo‘ldik. Futbolchilarda ishonch yetishmadi. Kulgili gol o‘tkazib yubordik, keyin penalti sodir bo‘ldi. Ochig‘i, o‘zim ham biroz shokdaman. Ikkinchi bo‘limda esa Qizilqum qarshi hujumga tayanib harakat qildi. Ushbu vaziyatdan chiqishimiz lozim.
Nimelida jarohat mavjud. Qolaversa, Krimetsda ham jarohat bor. Ushbu yo‘qotishlar sabab hujumda ham, himoyada ham o‘yinni qayta qurishga to‘g‘ri keldi. Silvanus Andijon bilan bahsga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
Ijobiy natijaga umid qilgan edik. Hujumkor o‘yin ko‘rsatmoqchi edik, ammo raqib imkon bermadi. Ularni pressingga taklif qildik, biroq, himoyalanishda xatoga yo‘l qo‘ydik. Oldinga chiqishni so‘ragan bo‘lsam-da, futbolchilar ortga qaytib harakat qilishdi.
Abdurahmonov Paxtakor bilan bellashuvda faol o‘ynagan edi. Bugun unga ishonch bildirgan edik. O‘zingiz guvohi bo‘ldingiz.