Jamshid Saidov: Superligada yengil o‘yinlar yo‘q

Superliga 2-turidan o‘rin olgan Qizilqum – Surxon (2:1) uchrashuvidan so‘ng navoiyliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

G‘alabaga erishganimizdan xursandman. Qatorasiga ikkinchi o‘yinki, ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qila olmayapmiz. Menimcha, bu psixologiyaga bog‘liq. Bunyodkor bilan bellashuvda tanaffusga qadar 3:0 hisobida oldinda edik. Ikkinchi taymda esa yigitlar g‘alabaga erta ishonib qo‘yishmoqda. Shunga qaramay, 3 ochkoni qo‘lga kirita oldik. Bu yerda jismoniy tayyorgarlik yomon demagan bo‘lardim. Bu jihat kelgusi turlargacha iziga tushib ketadi.

Qizilqum oldiga o‘tgan yilgidan yaxshi natija qayd etish vazifasi qo‘yilgan. Nasaf va Lokomotiv’ga qarshi uchrashuvlarda ham bor kuchimiz bilan o‘ynashga intilamiz. Chempionatda yengil o‘yinlar yo‘q.

E’tibor qaratgan bo‘lsangiz, biz hujumchisiz maydonga tushyapmiz. G‘iyosov va Lobjanidze jarohati sabab jamoamizga yordam bera olmayapti.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb