Farhod Bekmurodovni jazolash masalasida Liga O‘FA qo‘mitasiga murojaat qiladi

Superliga 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 32-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Usmonali Ismonaliyev beo‘xshov hazili uchun haqli ravishda maydondan chetlatildi. Liga mazkur holatda bosh hakam tomonidan chiqarilgan qarorni qo‘llab-quvvatlaydi. 

O‘sha daqiqada mezbonlar futbolchisi Farhod Bekmurodov Ismonaliyevdan zarba qabul qilib olgan Muhammadkarim Toirovni ayyorlik ishlatmaganlikda koyib, uni yerga yotishga majbur qildi. Keyin esa jamoadoshiga nisbatan raqibning chetlatilayotgan futbolchisidan-da beo‘xshov harakatni amalga oshirdi. Liga bu holatni qattiq qoralaydi. 

Ma’lumki, 2024-yildan boshlab uch holatda ogohlantirish olgan futbolchi jarimaga tortiladi. Mazkur holatlar ichida simulyatsiya uchun olingan sariq kartochka ham muhim o‘rin tutadi. Garchi hakam Farhod Bekmurodovga sariq kartochka ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bu uni jazodan chetda qoldirmaydi. Liga sportchilarga xos bo‘lmagan xatti-harakati uchun Bekmurodovni jazolash masalasini Tartib-intizom qo‘mitasiga kiritadi. 

Liga o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazayotgan barcha futbolchilarni mard va halol bo‘lishga chaqiradi. 2024-yildan boshlab halollik va mardlikka ters bo‘lgan har qanday xatti-harakat Liga tomonidan ta’qib etiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb