Samvel Babayan: Bugun bizga omad yetishmadi

O'zbekiston Superligasi 2-turidan o'rin olgan Navbahor - OKMK (1:1) uchrashuvi yakunlangach mezbonlar ustozi Samvel Babayan durang xaqida fikr bildirdi.

Dastlabki 20-25 daqiqada fantastik o'yin namoyish etdik. Bu paytda 3-4 gol urib olishimiz mumkin edi. Hisobda oldinga chiqib o'yinni nazorat qilayotgan edik. Raqib darvozamiz oldida deyarli vaziyat yaratmadi. Ular darvozamizga birgina zarba berishdi va aynan shu zarba golga aylandi. Futbolda shunaqasi ham bo'ladi. Omad bugun raqibga kulib boqdi.

Biz o'yinni yaxshi o'tkazdik deyishim mumkin. Ustunlik qildik, faqatgina kerakli gollarni ura olmadik deya olaman. Epizodlarda yaxshi o'ynadik. Balki shoshgandirmiz. Futbolchilar gol urishni juda istahgandi. Shu tufayli qayerdadir shoshgan bo'lishlari mumkin. Aytganimdek, raqibda birgina imkoniyat bo'ldi va ular buni golga aylantira olishdi. Bu bizga omad kulib boqmaganini bildiradi.

Ruslanbek Jiyanov - sifatli futbolchi. Haratkatlari menga yoqayapti. Hali bizga foyda keltira oladi.

Navbahor libosida o'ynash istalgan futbolchi uchun bosim. Futbolchilar bu jamoada maksimumini berib o'ynashadi. Bugun ham ajoyib o'yin namoyish etdik. Boya aytganimdek, bugun shunchaki omadimiz kelmadi, Mavsum davomida sovrinlar uchun kurashadigan jamoani ko'rasiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb