Superliga 2-turidan o‘rin olgan Navbahor – OKMK (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Bugun dastlabki 10 daqiqa davomida o‘zimizga kelishimizga to‘g‘ri keldi. Qolgan daqiqalarda esa kurashlarga boy bahs guvohi bo‘ldik. O‘ylashimcha, durang – adolatli natija bo‘ldi. Navbahor – yaxshi shakllangan, tarkibida malakali futbolchilar yig‘ilgan. Qolaversa, Namanganda mamlakatning birinchi raqamli muxlislari mavjud. Shu faktorlarni inobatga olib, natijadan qoniqdim.
O‘tgan yilgi va bu yilgi Navbahor’ning farqi? Biror jamoaga tashqaridan baho berishni xushlamayman. Ularga qarshi o‘tgan mavsum ham, bu mavsum ham og‘ir o‘yinlar o‘tkazdik.
Jamoamiz oldiga doim yuqori maqsadlar qo‘yilgan. Sport – bu kurash. Qolaversa, muxlislarga manzur bo‘ladigan o‘yin ko‘rsatishga intilamiz.
Navbahor biz uchun qulay raqibmi? Yo‘q, bu fikrga qo‘shilmagan bo‘lardim. Bashorat qilishni yoqtirmayman, ammo har bir bahsda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Faqatgina Navbahor emas. Raqib safidan kimni jamoamga qo‘shib olardim? Hozir hech kimni. O‘zimda yaxshi jamoa bor.