Aleksandr Stoymirovich: Jamoa sardori maydonga qaytishini kutyapmiz

O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan Olimpik – Lokomotiv (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmon jamoa ustozi Aleksandr Stoymirovich g‘alaba haqida fikr bildirdi.

G‘alaba uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Bugun maksimum kuch bilan harakat qilishdi. Shuningdek, murabbiylar shtabiga ham rahmat aytmoqchiman.

Albatta, biz yangi jamoamiz. Rivojlanish uslubimiz va modelimiz yangi. Shuning uchun ayrim futbolchilarda qandaydir psixologik kamchilik ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkin. Bu keyinchalik mashg‘ulotlar va o‘yinlar jarayonida yaxshilanadigan jihat.

Jamoa sardorining yo‘qligi o‘yinimizga ta’sir qilayotgani rost. Diskvalifikatsiyasi tugab maydonga qaytsa jamoamiz o‘yini yanada yaxshilanadi deya olaman. Uning futbolchilarga ta’siri katta. Jamoa o‘yinini boshqara oladi. Unga katta ishonch bildiramiz

Izzatilla Abdullayevni biroz avvalroq almashtirishni reja qilgandik. Og‘riq bilan o‘ynayotgan edi. Jasur Hakimovda ham jarohat borligi uchun ikkinchi taymdagina maydonga tushirdik. Vaziyatlardan foydalana olmaslikkka kelsak – bu ko‘proq konsentratsiya bilan bog‘liq. Mashg‘ulotlarda bunga katta e’tibor qaratayapmiz

G‘alaba psixologik jihatdan futbolchilarga foyda bo‘lishiga umid qilaman. Paxtakor'ga qarshi o‘yinda aynan shu jihat muhim. Paxtakor kuchsizlangan degan fikrga uncha qo‘shilmayman. Bu - o‘zbek futbolining flagmani. Har qanday holatda ham chempionlik uchun kurashadigan jamoa

mib
uzcard
cola
apex
bmb