Superliga 2-turidan o‘rin olgan Olimpik hamda Lokomotiv jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ikkala jamoa maydonga reja bilan tushgani ko‘rinib turdi. O‘ylashimcha, biz yaxshiroq harakat qildik. Afsuski, penaltidan kiritilgan gol sabab mag‘lub bo‘ldik.
Jaloliddinovning o‘rni o‘zgacha. U o‘zining individual harakatlari bilan istalgan jamoani kuchaytira oladi. Jasurning o‘rnida harakat qilgan futbolchilarimiz ham yomon harakat qilishmadi. Ular o‘yindan o‘yinga kuchayib borishadi.
Bunday himoyani yorib o‘tishda individual mahorat kerak bo‘ladi. Bugun kamida bitta gol kiritish uchun vaziyat yaratgandik. Afsuski, gol kirita olmadik va penaltidan o‘tkazib yubordik.
Ayrim vaziyatlarda zarba beradigan paytda futbolchilar jarima maydoni ichiga kirishga intilmoqda. Bundan o‘zimning ham jahlim chiqdi. Bu menimcha, tajriba orqali keladigan jihat. Zarba yo‘llamasdan qanday to‘p kiritish mumkin?
Mamasidiqov jarohatidan so‘ng endi maydonga qaytmoqda. Shuningdek, ikki nafar himoyachilarimizda ham jarohat bor, yana ikkisida esa diskvalifikatsiya mavjud. Bugun Jumatovni maydonga tushirdik. U debyut bahsida yomon harakat qilmadi.