O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan Metallurg – So‘g‘diyona – (0:0) o‘yinidan so‘ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich jamoasining o‘yin sifati haqida gapirdi.
O‘yin ancha qiziqarli kechdi. Raqibimiz ancha yazshi shakllangan jamoa. Bugun bizga gol urishga imkoniyat bermadi. Umumiy kartinada durang adolatli natija.
Vaziyatlar yaratayapmiz, ammo, yakuniy pallalarda sovuqqonlik etishmayapti. Jamoam namoish etayotgan o‘yin menga yoqayapti. Sifat bor. Keyingi o‘yinlarda gol ham keladi. Metallurg'ga va uning murabbiyi bo‘lgan do‘stimga esa omad tilayman.