O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “So‘g‘diyona” – (0:0) uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etgan “Metallurg” ustozi Vesko Steshevich jamoasi o‘yini haqida fikr bildirdi.
Bugun ayniqsa birinchi taymda juda asabiylashdik. Oddiy vaziyatlarda to‘pni yo‘qotdik. Bu men bilan Metallurg emas. Nega bunday o‘ynaganimiz sabablarini tahlil qilamiz.
Ikkinchi taym teng kurashlar ostida o‘tdi. So‘g‘diyona yaxshi jamoa va durang adolatli bo‘ldi deyish mumkin.