Superligada yangi mavsum start oldi. Dastlabki turda toza o‘yin vaqti bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Nasaf – Olimpik (2:0) uchrashuvida qayd etildi. Bellashuv kuchli qor va sovuq havo ostida o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan, jamoalar 65 daqiqa davomida maydonda kurash olib borishdi.
So‘g‘diyona – Neftchi (1:2) hamda Surxon – Paxtakor (0:3) bahslari esa kuchli uchlikni yakunladi. Olmaliqda kechgan OKMK – Andijon (0:0) qarama-qarshiligi esa toza o‘yin vaqti masalasida turdagi eng past natijani qayd etdi.