Aleksandr Xomyakov: Bunday o‘yinga baho berish qiyin

Superliga 1-turidan o‘rin olgan OKMK – Andijon (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Aytishim mumkinki, har bir jamoani ko‘zlagan maqsadi doim ham amalga oshavermaydi. Umumiy ma’noda aytganda, hissiyotlarga boy o‘tgan o‘yindagi natija yaxshi bo‘ldi, deb o‘ylayman. Jangovar bahs kechdi. Hamma hissiyotlarga berildi, hatto menda ham o‘yin davomida hissiyotlar yuz berdi. O‘z o‘rnida jamoamdan g‘alaba kutgandim. G‘alaba ishtiyoqida maydonga tushgandik. Biz o‘ylagan reja amalga oshmadi. Hujumlarimiz yomon bo‘lmadi. Ammo ko‘zlagan natijaga erisha olmadik. Bir marta himoyachining xatosi tufayli yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgandik va gol urishimiz mumkin edi. Afsuski, foydalana olmadik. Raqib ham xavfli vaziyatlarni tashkil qildi. Darvozabonimiz esa yaxshi harakat qildi. Bu o‘yinga baho berish ancha qiyin. Chunki xotirjam bo‘lib, o‘yinni boshidan ko‘rib chiqish kerak. Asosiysi, safardagi uchrashuvda bir ochkoni qo‘lga kiritdik va oldinga intilishda davom etamiz.

Ha, natijadan qoniqdim. Ikkinchi taymda raqib bir qator hujumlarni uyushtirdi. Biz bunda yaxshi himoyalandik va qarshi hujumlarda o‘ynashga harakat qildik. Yigitlar xarakter ko‘rsatib, topshiriqlarimni bajarishgani uchun xursandman. Hisobni saqlab qoldik va bir ochkoga ega bo‘ldik.

mib
uzcard
cola
apex
bmb