Superliga 1-turidan o‘rin olgan OKMK – Andijon (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Kurashga boy o‘yin guvohi bo‘ldik. Bellashuv durangga mos edi. Har doim ishni boshlab olish qiyin kechgan. Kelgusi bahslarda muxlislarimizga yoqadigan chiroyli va mazmunli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Ruben Sanches ham, Gadoyev va Mirzayev ham jarohat sabab jamoamizga yetishmayapti. Tiklanish jarayoni cho‘zilib ketdi. Shifokorlar kerakli muolajalarni qilishmoqda. Futbolda hech kim jarohatdan qochib kutula olmaydi. Ruben o‘tgan mavsum kubok doirasida Navbahor’ga qarshi bellashuvda jarohat olgan edi. Undan oldin Gadoyev OChLda safdan chiqqan edi. Albatta, ular tezroq tiklanib safimizga qaytishsa xursand bo‘lardik