Superliga 1-turidan o‘rin olgan So‘g‘diyona – Neftchi (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Avvalo, barchani yangi mavsum starti bilan tabriklayman. Bugun havo ancha sovuq bo‘lsada, stadionga kelgan muxlislar ko‘pligi meni ajablantirdi. O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, jamoalar hali optimal futbol ko‘rsatadigan sharoitda emas. Hali bahoriy futbol bu. Bunday futbolda asosan maydonda jismoniy kurash kechadi.
Maydonga 3 ochkoni qo‘lga kiritish maqsadida tushgandik va bunga erishdik. Asosiysi g‘alaba, ishlanadigan jihatlar esa ancha.