Superliga 1-turidan o‘rin olgan Bunyodkor – Qizilqum (1:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘rtoqlik uchrashuvlari va Superligadagi o‘yinning farqi katta. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan yoshlarda hayojon sezildi va shu sababli birinchi taymdagi singari harakat qila olmagan bo‘lishimiz mumkin. Natijada ikkinchi bo‘limda himoyalandik va to‘p o‘tkazib yubordik.
Bunyodkor tarkibi 80 foizga o‘zgargan. Bugun ularning legionerlarining harakatlari uncha o‘xshamadi. Afsuski, bugun hujumchilarsiz o‘ynadik. G‘iyosov jarohatini davolatish bilan band. Uni tez orada maydonda ko‘ramiz.