Ivan Bubalo: Imkon bo‘lganida 9 futbolchini zaxiraga olgan bo‘lardim

Superliga 1-turidan o‘rin olgan Bunyodkor – Qizilqum (1:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Bubalo matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Birinchi navbatda mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Dastlabki taymda juda ham yomon harakat qildik. Ilk 15 daqiqalikda to‘p kirita olmadik va 3 ta zarbadan 3 ta gol o‘tkazib yubordik. Bizda ham ikkita yaxshi vaziyatimiz bo‘ldi, foydalana olmadik. Raqib esa foydalandi.

Mavsumning ilk o‘yini doim og‘ir o‘tadi. Bu haqda futbolchilarga ham ta’kidladim. O‘yinga yaxshi tayyorlay olmadim, bu mening xatoim.

Imkonim bo‘lganida tanaffusda 9 futbolchini zaxiraga olgan bo‘lardim. Faqatgina Mahamadjonov va Abduxoliqov vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb