Superliga 1-turidan o‘rin olgan Navbahor – Dinamo (3:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov himoyadagi kamchiliklar, xatolar, raqib va chempionat starti haqida fikr bildirdi.
Bugungi ko‘rsatgan o‘yinimiz umuman yoqmadi. Bugun jamoamni maydonda umuman taniy olmadim. Himoyachilar zarur bo‘lmagan vaziyatlarda xato qilishdi. Raqibga gol urish uchun imkon berdik. Bunday raqib bilan o‘yinda bunday xatolar qilish yaramaydi.
Negadir himoyaga yotib oldik. Hujumchilarimiz hujumda emas orqada o‘ynashdi. Birinchi o‘yin ekanligi uchun hayajonlanishdimi, bilmayman. Raqib bizga imkon bermadi. Himoyachilarimiz darvozamizga juda yaqinroq o‘ynashdi va hujumchilarimiz buning evaziga ortga qaytib o‘ynashga majbur bo‘lishdi. Bu o‘zaro tushunmovchilik. Bugun Samarqanddan kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislardan kechirib so‘rayman. Ular bizdan ko‘proq narsa kutishgandi.
Navbahor haqida nima deyishim mumkin. Bugun bizni yutishdimi, demak hozir ular bizdan kuchliroq. Mavsum endi start oldi, bashorat qila olmayman. Yana bir necha tur o‘tsa keyin favoritlar haqida fikr bildirish mumkin.
O‘yingacha muammolar bor edi. Masalan, braziliyalik legionerimiz kutilmaganda jarohat olib qanchadir muddatga safdan chiqdi. O‘yin uslubimizni u orqali qurish borasida ishlanmalar bor edi. Bu ham biz uchun kutilmagan muammo bo‘ldi.