Dinamo klubi yangi mavsum uchun futbolchilarni Ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi. Samarqandliklar 59 futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, ularning olti nafari legioner futbolchilardir.
Ko‘hna shaharliklarning o‘rtacha yoshi 22.1 ni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 11 nafar futbolchi ilk professional shartnomasini imzolagan. To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.