Surxon klubi yangi mavsum uchun futbolchilarni Ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi. Termizliklar 47 futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, ularning uch nafari legioner futbolchilardir.
Jamoaning o‘rtacha yoshi 20.6 ni tashkil qiladi. Shuningdek, 7 nafar futbolchi ilk professional shartnomasini imzolagan. To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.