Liga klublar matbuot xizmati vakillari uchun yangi mavsum oldidan seminar o‘tkazdi

Professional futbol ligasi yaqinlashib kelayotgan mavsum oldidan Superliga va Proliga klublari matbuot xizmati vakillari uchun seminar tashkil etdi. 

Milliy chempionat hamda kubok bellashuvlari natijalari va o‘yin atrofidagi voqeliklar haqida batafsil ma’lumot berish, muxlislarni jamoalar hayotiga oid yangiliklardan hamisha tezkorlik bilan boxabar etib borishda klublar media xizmatlarining o‘rni beqiyos. 

So‘nggi yillarga kelib klublarimiz matbuot xizmatlari faoliyati chindan o‘sdi. Bugunga kelib klublarning matbuot xizmatlari ancha barqaror ish olib bormoqda. Klublar rasmiy saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari muntazam yangiliklar va foto hamda videomateriallar bilan boyitib borilmoqda. 

Seminar davomida mavjud yutuq va kamchiliklar, o‘yinga tashrif buyuradigan OAV vakillari uchun media tribuna va matbuot anjumani xonasi tayyorgarligi, o‘tgan mavsum matbuot xizmatlari duch kelgan masalalar, ularning yechimi, klublar rasmiy saytlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash kabi jihatlar muhokama etildi. Shuningdek yangi mavsumdagi rejalar kelishib olindi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb