Superliga-2024 introsi tayyor bo‘ldi

Yangi mavsum startiga sanoqli kunlar qoldi. Liga uni ko‘tarinki kayfiyatda boshlash uchun tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda.

Milliy chempionatni yangi bosqichga olib chiqish, uni turli jabhalarda rivojlantirish masalasiga katta e’tibor qaratilayotgani sir emas. Liga so‘nggi uch mavsumda intro, roliklar va qator shu kabi masalalarga jiddiy yondashishga harakat qilmoqda. Jumladan, Superliganing 2022 hamda 2023-yilgi mavsumlari uchun tayyorlangan intro roliklar jamoatchilik tomonidan iliq qarshi olindi. Qator nufuzli xorijiy nashrlar ham O‘zbekiston Superligasi introlariga to‘xtalib o‘tdi. 

Endilikda 2024-yilgi mavsum introsi ham tayyor bo‘ldi. Liga qatorasiga uchinchi yil ham Tasnif Group kompyuter grafikasi agentligi bilan hamkorlikda ishladi. Kelishuvning ilk bosqichida, ya’ni, 2022-yilgi mavsumda asosan jamoalar ramzlariga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib klublarning O‘zbekiston xaritasi bo‘ylab joylashuvi asosiy mavzuga chiqarilgandi. 2024-yildan boshlab Superliga sportchilarining feyslari ham introdan joy ola boshladi. 

Ishonamizki, Tasnif Group bilan hamkorlikda tayyorlangan mahsulot futbol jamoatchiligiga manzur bo‘ladi. Liga esa bu yo‘ldagi izlanishni davom ettirib, yangi loyihalar ustida bosh qotiradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb