O‘FA Neftchi klubidan transfer taqiqi olinganini ma’lum qildi. Farg‘ona jamoasi Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitaning so‘nggi yig‘ilishdagi qaroriga sabab bo‘lgan qarzlarni bartaraf etdi.
20-fevraldan boshlab Neftchi uchun futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish platformasi ochib berildi. Shu bilan birga klub oldiga O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan kelishuv shartlarini to‘liq bajarish vazifa etib belgilandi.