Akademiya faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan Nasaf va Metallurg klublari o‘z tarbiyalanuvchilarini MyLeague platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Endilikda mazkur klublar akademiya yoki futbol maktabiga qabul qilinayotgan yoki undan chiqarilayotgan yosh futbolchi ma’lumotlarini onlayn shaklda yuritib boradi. Bu o‘z navbatida yosh futbolchining maktabdan maktabga ko‘chishi va uning keyingi faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar tartibli shaklda to‘planishi imkonini beradi. Shu kungacha klub faqatgina professional futbolchi ma’lumotlarini Liga ro‘yxatidan o‘tkazgan bo‘lsa, endi klub qaramog‘ida bo‘lgan tarbiyalanuvchilar ma’lumotlari ham to‘liq jamlangan.
Qo‘shimchasiga, Liga OFK litsenziyalash talabida ko‘rsatilgan tarbiyalanuvchilar ro‘yxatini xalqaro platformaga yuklash masalasida qulaylikka ega bo‘ladi. Ya’ni, klub o‘z tarbiyalanuvchilari yuzasidan buyruqlarni muntazam yangilab boradi, Liga esa yosh futbolchi haqidagi FIFA yoki OFK talab qilgan ma’lumotlarni taqdim etishda qiyinchilikka duch kelmaydi.