Liga ro‘yxatidan o‘tgan hududiy assotsiatsiyalar soni 8 taga yetdi

Professional futbol klublariga qarashli futbol akademiyalaridan tashqari O‘FA hududiy akademiyalari ham MyLeague platformasidan ro‘yxatdan o‘tishi ma’lum qilingandi

Namangan va Andijon futbol akademiyalari birinchilardan bo‘lib bu ishni uddalagan bo‘lsa, endilikda ular qatoriga Toshkent, Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlari ham qo‘shildi. 

Ma’lumot uchun, professional futbol klubi U10 — U17 yosh toifasi oralig‘ida o‘z tarbiyalanuvchilariga ega bo‘lishi shart. Hozirga qadar buni eplay olmagan futbol klubi Assotsiatsiyaga qarashli akademiya yoki futbol maktablaridan biri bilan shartnoma imzolashi kerak bo‘ladi. Unga qadar Superliga va Proliga ishtirokchisi bo‘lgan futbol klubining asosiy tarkibiga jalb qilingan yangi futbolchilar litsenziyasi berilmaydi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb