O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-sonli farmonida professional futbol klublari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ularda innovatsion laboratoriyalar tashkil etish, shu jumladan, futbolchilar jismoniy tayyorgarligini masofadan kuzatish qurilmalari va zamonaviy imitatsiya uskunalari bilan ta’minlash masalasiga e’tibor qaratilgan.
Qaror ijrosi yuzasidan Liga elita klublari bilan ishlamoqda. 2024-yilgi mavsumda Superliganing 9 ta klubi CATAPULT bilan hamkorlik qilishga qaror qildi. Qolgan 5 ta klub ham o‘z tanlovini amalga oshirdi.
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 10.18-bandidan kelib chiqib, Superliga klubining har bir futbolchisi rasmiy o‘yin davomida mazkur moslamadan foydalanadi. O‘z navbatida klub uchrashuv yakunidan keyin tahlil natijalarini O‘FA uchun taqdim etadi. Assotsiatsiya texnik bo‘limi futbolchi bilan bog‘liq raqamlarni umumlashtirib, ularning turli yo‘nalishlardagi o‘sishi yoki pasayishini tahlil qilib boradi. Bu esa o‘z navbatida turli yosh terma jamoalari uchun as qotadi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilgi mavsumda 8 ta jamoa turli ko‘rinishlarda mazkur talab ijrosini lozim darajada bajarmagani uchun jazolandi. 2024-yilgi mavsumda ijro yanada qat’iy bo‘ladi.