Birinchi liga qatnashchilari talab etilgan hujjatlarni rasmiylashtirishni boshladi

Superliga va Proliga taqvimi oydinlashdi. Saytimizning hujjatlar bo‘limi orqali yillik taqvim rejani, Superliga va Proliga uchrashuvlari sanalarini yuklab olish imkoniyati mavjud. 

Endi Birinchi liga masalasi tartibga keltiriladi. Liga joriy yilning 21-fevral sanasiga qadar kelib tushgan ariza va hujjatlar bo‘yicha o‘z xulosasini taqdim etadi. Shundan kelib chiqib, 2023-yilgi mavsum Birinchi ligada to‘p surgan va 2024-yildan e’tiboran mazkur musobaqada to‘p surish huquqini qo‘lga kiritgan jamoalar mazkur sanaga qadar kerakli hujjatlarni taqdim etib ulgurishi shart.

mib
uzcard
cola
apex
bmb