
Avvalroq Proligada 8 ta klub ishtirok etishi va ular 4 davrali tizimda o‘zaro kurash olib borishi aytilgandi.
Liga dastlabki ikki davra, ya’ni, 14 ta turni iyun oyida yakunlaydi. Musobaqa esa 12-mart kuni start oladi. Proliga klublari, shuningdek, aprel oyida O‘zbekiston kubogining guruh bosqichida ishtirok etadi.
Proliga yangi mavsumiga 14-fevral kuni 14:30 da qur’a tashlanadi va jarayon Liga rasmiy sahifalari orqali jonli ko‘rsatiladi.