Superliga-2023. Birinchi davrada qaysi murabbiy toza o‘yin vaqti masalasida yaxshiroq edi?

Toza o‘yin vaqti muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim futbolchilar yoki hakamlar sabab rasmiy uchrashuvda passivlik ko‘payadi. 

Liga 2023-yilning birinchi davrasida Ilgiz Tantashev boshqarib borgan uchrashuvlarda toza o‘yin vaqti foizi ko‘proq ekaniga e’tibor qaratgandi. Endi birinchi davra yakuniga ko‘ra murabbiylar fonida buni ko‘rib chiqamiz. 

Turon klubini vaqtincha boshqargan Denis Bushuev davrida jamoa nisbatan ochiq va tezroq futbol ko‘rsatdi. Xuddi shu jamoani Baxtiyor Ashurmatov boshqargan davrda ko‘rsatkich 52,3 foizni tashkil qilgandi. 

Kuchli to‘rtlikdan Nasaf, Paxtakor va OKMK ustozlari joy oldi. Kapadze va Boshkovich boshqaruvidagi jamoalar ham ancha tetik o‘yinlar o‘tkazganini ko‘rish mumkin. 

Umumiy ro‘yxat bilan quyida tanishish mumkin:    

Denis Bushuev — 56,76 (5)
Ro‘ziqul Berdiev — 55,49 (13)
Maksim Shatskix — 54,92 (13)
Mirjalol Qosimov — 54,73 (13)
Temur Kapadze — 54,02 (13)
Ivan Boshkovich — 53,77 (9)
Sergey Arslonov — 53,60 (13)
Asror Aliqulov — 53,13 (8)
Vitaliy Levchenko — 52,40 (13)
Hakim Fuzaylov — 52,4 (4)
Yorqin Nazarov — 52,4 (5)
Baxtiyor Ashurmatov — 52,3 (5)
Samvel Babayan — 51,47 (13)
Ulug‘bek Baqoev — 51,47 (9)
Murod Otajonov — 51,39 (13)
Vesko Steshevich — 50,84 (9)
Aleksandr Xomyakov — 50,51 (13)
Tachmurod Agamurodov — 50 (3)
Luisma Ernandes — 48,3 (3)

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb