Proliga’da 8 jamoa kurash olib boradi

Bir necha daqiqa avval faoliyatini Proliga’da davom ettira olmaydigan jamoalar nomiga oydinlik kiritildi. Shu tariqa litsenziyalash talabini bajarishi mumkin bo‘lgan Proliga klublari 6 tani tashkil etishi ma’lum bo‘ldi: Buxoro, Qo‘qon-1912, Mash’al, Sho‘rtan, Xorazm va Aral. 

Assotsiatsiya va Liga o‘zaro kelishgan holda mazkur 6 jamoa qatoriga yana ikki jamoani shartli ravishda kiritdi: Olimpik Mobiuz hamda Do‘stlik Toshkent. 2028-yil Los Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan Olimpik farm bundan buyon Mobiuz homiyligi hamda Assotsiatsiya kafolati ostida faoliyat olib boradi. Do‘stlik Toshkent esa so‘nggi ikki mavsumni Birinchi ligada o‘tkazgan bo‘lib, bir yil avval Birinchi liga klublari orasidan birinchilardan bo‘lib OFK litsenziyalash jarayonida ishtirok etgandi.

“Birinchi liga reglamenti”ning 9.3-bandiga ko‘ra, yakuniga yetgan mavsum natijasiga ko‘ra yuqori toifadagi Ligada qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan futbol jamoasida reglament yoki me’yoriy hujjatlar bilan bog‘liq cheklov yuzaga kelsa (Yangiyer quruvchi), uning o‘rni litsenziyalashning minimal talabiga javob bera oladigan boshqa jamoa bilan to‘ldirilishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, Assotsiatsiya va Liga joriy mavsum Do‘stlik Toshkent klubini Proliga uchun shartli ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishni lozim deb topdi. Mavsum yakuniga ko‘ra jamoa u yoki bu talabni belgilangan ko‘rinishda amalga oshira olmasa, 2024-yilni qaysi o‘rindan yakunlashidan qat’i nazar Birinchi ligaga tushiriladi. 

Proliga ishtirokchilari bilan kelishgan holda Liga musobaqani to‘rt davra hamda 28 turdan iborat formatda o‘tkazishga qaror qildi. Bunda jamoalar mavsum davomida o‘zaro to‘rt martadan to‘qnash keladi. Shu tariqa har bir jamoa mavsum davomida 28 ta uchrashuvda ishtirok etadi. Proliga klublari O‘zbekiston kubogi doirasida minimum 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb