Lokomotiv yana 4 futbolchini Ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi

Superligaga qaytgan Lokomotiv klubi 3 nafar legioneri o‘z safiga qo‘shib oldi. Serbiyalik himoyachi Ivan Rogach, chernogoriyalik hujumchi Ivan Bulatovich hamda bosniyalik yarim himoyachi Krayishnik temiryo‘lchilar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Shuningdek, Olimpik safidagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Temur Mamasidqov ham Lokomotiv bilan ikki yillik kelishuvga erishdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb