Buxoro viloyati g‘olibi Forza Birinchi ligada ishtirok etmaydi

Buxoro viloyati 2-ligasida g‘olib chiqqan Forza jamoasi o‘tgan yilning 3-13 dekabr kunlari Surxondaryo mezbonlik qilgan pulka musobaqasida finalga qadar etib borib, Birinchi liga’da ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi. 

10-yanvar kuni O‘FA Surxondaryoning Qiziriq, Buxoroning Forza, Farg‘onaning FarDu jamoalari pulkada muvaffaqiyatli ishtirok etganidan kelib chiqib, Liga qatnashchisi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Shu asosda Liga 20-yanvar kuni uch jamoa vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazib, ularga Birinchi liga’ning minimal talablari xususida ma’lumot berdi. 

30-yanvar kuni Forza iqtisodiy sabab tufayli Birinchi liga musobaqasida ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. Ayni vaqtda Farg‘ona va Surxondaryo jamoalari Liga qatnashchisi bo‘lish uchun harakatni davom ettirmoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb