2024-yilgi mavsum mobaynida Liga tomonidan o‘tkaziladigan barcha musobaqalar uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni start oldi.
Liganing barcha rasmiy uchrashuvlarini bevosita stadiondan yoritib borish istagida bo‘lgan OAV vakillari O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun media yo‘riqnoma bilan tanishib chiqib, zarur akkreditatsiya uchun ariza varaqasini to‘ldirishi va media@pfl.uz elektron manziliga yuborishi talab etiladi.
Akkreditatsiyadan o‘tish uchun hujjatlar 20-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi.