Rivojlanayotgan Superliga homiysi bo‘lish istagidagilar uchun

O‘zbekiston Superligasiga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib borayotgani sir emas. O‘zbekiston Professional futbol ligasi dunyoning eng kuchli 45 ligasini o‘zida birlashtirgan tashkilot a’zosiga aylangach, Liga qamrovi yanada kengaydi. 

Bugunga kelib Superliga O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan eng ommabop ichki sport musobaqasi bo‘lib turibdi. Mamlakatning 17 futbol klubi Osiyo futbol konfederatsiyasining litsenziyalash talablarini bajarib, bu borada qit’a yetakchisiga aylanib oldi. Shundan kelib chiqib, 2025-yildan boshlab Superliga ishtirokchilari soni 16 taga yetkaziladi

Mashhur brend Coca-Sola so‘nggi 5 mavsum davomida Superliga titul homiysi bo‘ldi. Liga hamda Coca-cola endilikda bu hamkorlikni so‘nggi yillarda yangi bosqichga chiqqan O‘zbekiston kubogi musobaqasida davom ettiradi. Kelishuv asosida Coca-Sola o‘z e’tiborini nafaqat professional, balki ommaviy futbol musobaqalariga ham qaratishni maqsad qildi.

Superliga Osiyo qit’asida o‘z obro‘siga ega musobaqa bo‘lib, uning xorijiy kuzatuvchilari safi tobora kengayib bormoqda. Respublikaning eng oldi stadionlari, Liga rasmiy veb-sayti, Liganing ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, Superliga uchun chiqarilgan har bir chipta, matbuot anjumanlari va flesh-intervyular press-vollari, teletranslyatsiyalar davomidagi chiqishlar Sizning brendni aks ettiradi. Liga bu borada homiy tashkilotlar bilan muzokara o‘tkazishga tayyor. 

Liga bilan aloqaga chiqish istagida bo‘lganlarlar uchun:

+998 71 2309058
+998 94 6333443
info@pfl.uz

mib
uzcard
cola
apex
bmb